21июн

"Agroko‘makchi" mobil ilovasi yangilanganini ma’lum qilamiz

Xizmat turlari bo‘limiga:
- SES laboratoriyalari
- Mineral o‘g‘it omborlari va shtab tarkibi
- Hamda feromon tutqichlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar kiritildi.
Foydali ma’lumotlar bo‘limida esa endi mahalliy va import bo‘lgan urug‘ va ko‘chatlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Shuningdek, eksport operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida Eksport qilinishi mumkin bo‘lgan davlatlar va ular tomonidan qo‘yilgan talablar, meva-sabzavot mahsulotlariga tavsiya etiladigan minal eksport narxlari hamda xorijiy davlatlarda bozor mahsulotlari narxlari to‘g‘risida so‘nggi ma’lumotlar kiritib borilmoqda.
Alohida rukn orqali qadoq ishlab chiqaruvchilar korxonalar, logistika xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar, yetishtirilayotgan eksportbop ekinlar maydoni va yaqin 20 kunda pishib yetilishi kutilayotgan hosil, omborlarda mavjud mahsulotlar to‘g‘risida ham ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Bugungi kunda 60 mingdan ortiq foydalanuvchi “Agroko‘makchi” ilovasining imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqda. Siz ham ilovani yuklab oling.
Mobil ilovani “App Store” va “Play Market” platformalaridan yuklab olishingiz mumkin.