30 iyun – “Yoshlar oyligi” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
30-iyun – Yoshlar kuni – davlatimiz yoshlarining hayotida muhim sana bo‘lib, 2017-yildan buyon davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O‘zbekistonning milliy bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida ham ahamiyatli sana munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda direktorning o‘rinbosari Yunusov Ulugbek Mamajonovich, Qishloq xo‘jaligi vazirining Yoshlar ishlari bo‘yicha maslahatchisi Dildora Imomova hamda Agentlik direktorining Yoshlar ishlari bo‘yicha maslahatchisi Mirsaid Miraxmedov hamda hududlardan tashrif buyurgan yosh kadrlar, laboratoriya yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan ilmiy xodimlar, karantin inspektorlari ishtirok etishdi.
Muloqot chog‘ida yosh kadrlarni qiynab kelayotgan muammolar va ularning yechimi muhokama etildi. Shuningdek, yoshlar sohani takomillashtirishga oid takliflarini ilgari surishdi.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozim, bugungi kunda Agentlik tizimida 1000 nafarga yaqin 30 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar faoliyat yuritadi. Tashkilotda yoshlar siyosatiga oid masala dolzarb vazifalardan biri bo‘lib, ma’rifiy-madaniy tadbirlar tashkil etilishi, yosh kadrlarning munosib rag‘batlarnitirishi, turli o‘quv kurslarida ishtirok etishiga ko‘maklashish, xalqaro tashkilotlarda malaka oshirishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Uchrashuv doirasida tizim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish uchun tanlovlar va bellashuvlar o‘tkazish, kibersportni rivojlantirish, “Zakovat” o‘yinlari tashkil etilishini an’anaga aylantirish kabi takliflar bildirildi. O‘z navbatida Agentlik mutasaddilari chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, har bir viloyatda bu kabi yoshlarni birlashishiga turtki bo‘layotgan tadbirlarni muntazam o‘tkazish tarafdori ekanligini va bunday tadbirlar an’anaviy tarzda o‘tkazilishini bildirdi.
An’anag muvofiq, bayram arafasida yoshlar safida o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib, sohaning rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh mutaxassislar taqdirlandi.