Hududlardan xabarlar: zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari davom etmoqda
Bugungi kunda alohida eʼtibor qoʻshni davlatlar bilan chegaradosh boʻlgan hududlarga qaratilmoqda. Zararli chigirtka tarqalishi havfi yuqori boʻlgna hududlarga qoʻshimcha texnika jalb etilib, barcha kuchlar mobilizatsiya qilinmoqda.
Diqqat markazida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining tumanlari boʻlib, kimyoviy kurash tadbirlari bilan bir qatorda kuzatuv-nazorat tadbirlarining sifatli olib borilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda O'simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Buxoro viloyatida vaziyatni joyida o'rganish maqsadida viloyatning chegaradosh tumanlarida bo'lib turibdi.
Tashkilot rahbari zararli chigitkaga qarshi olib borilayoygan ishlar bilan tanishib, Gazli massividagi shtab vakillari ishtirokida kimyoviy ishlovlarni samarali olib borish, hasharot xavfini bartaraf etishga qaratilgan choralarni o'z vaqtida amalga oshirishga bo'yicha yig'ilish o'tkazdi va asosiy vazifalar yuzasidan topshiriqlar berdi.
Ma'lumot uchun, 2024-yilda 574,8 ming gektar maydonda kimyovoy ishlov o'tkazilishi prognoz qilingan. Bugungi kunga qadar 407,4 ming gektarda zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari o'tkazildi.
Kuzatuv-nazorat tadbirlariga alohida e'tibor qaratilib, 1 million gektardan ortiq maydonda kuzatuv o'tkazilgan. Hududlarda tadbirlar davom etmoqda.