21июн

Janubiy Koreyaga gilos ekportini amalga oshirish uchun yana 7 ta korxona reyestrga kiritildi

2024-yilda gilos eksporti mavusumida hamkorlik doirasida muzokaralar olib borilib, Koreyaga gilos eksport qiluvchi 7 ta qadoqlash korxonalari reyestrga kiritildi.
Mahsulot eksporti uchun fitosanitar talablarni tushintirish va joriy etish maqsadida koreyalik mutaxassisning Oʻzbekistonga tashrifi amalga oshirilishi taʼminlandi.

2024-yilning o'tgan davrida Oʻzbekistondan Koreyaga qiymati $195,0 mingga teng 178 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.
2023-yilda jami $324,0 minglik 297 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan edi.
Uzum eksportiga fitosanitar ruxsat olish doirasida, Koreya tomonining soʻroviga muvofiq, 2022-yil dekabr oyida Oʻzbek tomonidan uzum yetishtiruvchi eksport bogʻlari, issiqxonalar va qadoqlash korxinalari toʻgʻrisida qoʻshimcha texnik maʼlumotlar shakllantirilib, Koreya tomoniga taqdim etilgan.
Oʻzbekistonda yetishtirilgan uzum mahsuloti eksporti uchun Koreya tomonidan tegishli fitosanitar ruxsat olingandan soʻng mamlakatimizda yetishtirilgan limon va olma boʻyicha fitosanitar ruxsatlarni olish rejalashtirilgan.